Polshada harbiy havo qurilmasi vayronalari topildi
Olam
−
27 aprel 2023 7072 1 daqiqa
Polsha Bosh prokurori va Adliya vaziri Zbignev Zyobro respublika hududida harbiy havo qurilmasi vayronalari topilganini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 26 aprel kuni o‘zining Twitter sahifasida e’lon qildi.
"Gdansk okrug prokuraturasining harbiy bo‘limi Milliy prokuratura nazorati ostida Bidgosh shahridan o‘n kilometr uzoqlikdagi o‘rmondan topilgan harbiy havo ob’ekti bo‘laklari bo‘yicha tergov boshladi. Voqea joyida prokurorlardan tashqari, harbiy ekspertlar, politsiya, jandarmeriya va harbiy kontrrazvedka xizmati vakillari ham ishlamoqda”, deb yozgan Zbignev Zyobro.
O‘z navbatida, mahalliy OAV gap havo-yer raketasi bo‘laklari haqida ketayotganini ma’lum qildi. Aytilishicha, buyumda rus tilidagi yozuvlar ham topilgan. Hozircha uning qachon qulagani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025