Polsha O‘zbekistonga gumanitar yordam yubordi

Jamiyat

image

Polsha hukumati O‘zbekistonga 4,5 million dollarlik gumanitar yordam yuklarini yubordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasi Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati ehtiyojlari uchun Polsha hukumati tomonidan ajratilgan 4 ta modifikatsiyadagi bolalar va kattalar uchun o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish (ALV) moslamalari ko‘rinishidagi “Bellavista” beg‘araz yordamini mamlakatga jo‘natish masalasini ijobiy hal qilgan.

Joriy yilning 20 iyul kuni O‘zbekistonga jo‘natilgan uchta yuk mashinasidagi gumanitar yordam 17,5 million Polsha zlotiyi (4,5 million dollar) qiymatidagi 449 ta o‘pka ventilyatoridan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Polsha 2020 yilda ham O‘zbekiston va Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gumanitar yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing