Polsha o‘z hududiga NATO yadro qurolini joylashtirishga tayyor
Olam
−
22 aprel
3239Agar NATO ittifoqchilari qaror qilsa, Polsha o‘z hududida yadro qurolini joylashtirishga tayyor. Bu haqda mamlakat Prezidenti Anjey Duda “Fakt” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Duda Rossiya Polsha bilan chegaradosh Kaliningrad viloyatini “borgan sari harbiylashtirayotgani” va Rossiya Federatsiyasi yaqinda yadro qurolini Belarusga ko‘chirganini urg‘uladi.
“Amerika qurollari joylashtirilsa, Polsha NATO ittifoqchisi sifatida o‘z majburiyatlarini bajaradi”, deya ta’kidlaydi Prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polshada Amerika yadroviy qurollarining joylashtirilishi ma’lum vaqtdan beri Qo‘shma Shtatlar bilan "muzokaralar mavzusi bo‘lib kelgan".
“Agar ittifoqchilarimiz NATOning sharqiy qanoti xavfsizligini mustahkamlash uchun bizning hududimizda ham yadroviy quroldan birgalikda foydalanish doirasida kallaklarni joylashtirishga qaror qilsa, biz bunga tayyormiz”, deydi Duda.
Ma’lumot uchun, 2022 yil oktyabr oyida Anjey Duda AQSH yadroviy qurol almashinuv dasturiga kirish rejalarini e’lon qilgan. U buni Polshani Rossiyadan kelayotgan tahdidlardan himoya qilish istagi bilan izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 1 iyul kuni Polsha hukumati rahbari Mateush Morevetskiy vaqt o‘tishi bilan NATO bo‘yicha hamkorlarini alyansning yadroviy almashish (Nuclear Sharing) dasturi doirasida mamlakatda yadro qurolini joylashtirish zarurligiga ishontirish niyatidaligini aytgandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi