Polsha Ukrainani tiklash orqali pul ishlamoqchi

Olam

image

Polsha rasmiylari Ukrainaga jangovar harakatlardan keyin tiklanishda yordam bermoqchi, biroq buni sodda yo‘l bilan emas, balki o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 15 aprel kuni Varshavadagi Yangi texnologiyalar forumida so‘zga chiqqan mamlakat Bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.

“Biz va butun dunyo imkon qadar Ukrainani tiklashga yordam beramiz, lekin biz endi soddalarcha yordam bermaymiz”, deya ta’kidlagan Bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga yordam berish masalasi Polsha uchun ham manfaatli bo‘lishi kerak.

“Biz birdam bo‘lamiz va bundan pul topamiz hamda Polsha manfaatlari va Polsha firmalari manfaatlarini qat’iy himoya qilamiz”, degan Donald Tusk.

Ma’lumot uchun, Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukrainani tiklash qiymati allaqachon 500 milliard yevrodan oshgan va jangovar harakatlar davom etar ekan, kerakli summa o‘sishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Ukraina uchun atalgan harbiy yordamini Polshaning “Jeshuv-Yasyonka” aeroportidagi logistika markazi orqali yetkazib berish qayta tiklangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Donal'd Tusk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing