Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

AQSH Polsha orqali Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘liq tikladi

Olam

image

AQSHning Ukraina uchun atalgan harbiy yordamini Polshaning “Jeshuv-Yasyonka” aeroportidagi logistika markazi orqali yetkazib berish qayta tiklandi. Bu haqda Polsha Mudofaa vazirining o‘rinbosari Pavel Zalevskiy X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Polsha logistika markazidan Yasyonka orqali AQSH qurol-yarog‘ining yetkazib berilishi qayta boshladi”, deb yozgan u.

Qolaversa, Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy ham Varshavada ukrainalik hamkasbi Andrey Sibiga bilan uchrashuvdan so‘ng, AQSH qurollarining Kiyevga yetkazib berilishi to‘liq hajmda tiklanganini tasdiqlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu natija Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan AQSH va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralardan keyin sodir bo‘lgan.

Endi to‘p Rossiya maydonida – AQSH bosh diplomati north_east

Endi to‘p Rossiya maydonida – AQSH bosh diplomati

Ma’lumot uchun, mart oyining boshida Polsha hukumati AQSHning Ukraina uchun qurolli yordamini Polsha orqali to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

Eslatib ўтамиз, avvalroq Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Varshava Ukrainaga o‘z harbiylarini tinchlikparvar missiya doirasida yuborish niyatida emasligi, biroq bunday qaror qabul qiladigan davlatlarga logistika va siyosiy jihatdan yordam berishga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Pol'sha Radoslav Sikorskiy Pavel Zalevskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing