Polsha Ukrainaga “Leopard”ni rasmiy Berlin ruxsatisiz ham berishi mumkin – Polsha Bosh vaziri

Olam

image

Bugun, 23 yanvar kuni Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy Germaniyaning “Leopard 2” tanklarini Ukrainaga rasmiy Berlinning ruxsatisiz ham davlatlar koalitsiyasining bir qismi sifatida yuborishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilari o‘tgan hafta Germaniyada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Berlinni Ukrainaga “Leopard” jangovar tanklarini berishga ko‘ndira olmagan. Polsha esa Germaniyada ishlab chiqarilgan “Leopard” tanklariga ega bo‘lgan mamlakatlarni, hatto Germaniya bunga rozi bo‘lmasa ham Ukrainaga yuborishni talab qilgan.

“Biz albatta ruxsat so‘raymiz, lekin bu ikkinchi darajali masala. Agar biz bu ruxsatni ololmasak ham, tanklarimizni birgalikda Ukrainaga o‘tkazamiz. Hozirgi paytda biz kichik bo‘lsa ham davlatlar koalitsiyasini tuzishimiz shart”, deydi Moravetskiy .

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok esa kecha, 22 yanvar kuni televideniyaga bergan intervyusida Polsha Germaniyada ishlab chiqarilgan “Leopard 2” tanklarini Ukrainaga yubormoqchi bo‘lsa, Germaniya bunga qarshi chiqmasligini aytgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pol'sha Berlin Leopard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing