Polsha Ukrainaga qo‘shin kiritish-kiritmasligini ochiqladi

Olam

image

Bugun, 12 mart kuni Polsha Mudofaa vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Stanislav Vziatek Varshava har qanday sharoitda ham Ukrainaga qo‘shin jo‘natmasligi, hatto ukrainalik harbiylarni o‘qitish jarayonlarida ham qatnashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

“Biz askarlarimizni urush zonasiga kiritishni rejalashtirmayapmiz, chunki Ukrainada Polsha qo‘shinlarining mavjud bo‘lishi, garchi u o‘quv maqsadlarida bo‘lsa ham, mamlakatning urushda ishtiroki bilan barobar”, degan mamlakat rasmiysi.

Avvalroq Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin kiritish haqidagi tashabbusini yuqori baholagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pol'sha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made