Belgoroddagi ko‘p qavatli uyning qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari hujumi oqibatida Belgoroddagi o‘n qavatli pod’ezd qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

“Qutqaruvchilar Belgorodda vayronalar ostidan 15-qurbonni olib chiqdi”, deyiladi xabarda.

FVVning ma’lum qilishicha, soat 6:30da Belgorodda qidiruv-qutqaruv va vayronalarni tozalash ishlari yakunlangan. Qurbonlar orasida ikki bola bor. Mutaxassislar 17 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Yana 20 kishi, jumladan, ikki bola yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 may kuni Ukraina bilan chegarada joylashgan Belgorod shahrida ko‘p qavatli uy qulab tushgandi. Shaharda kun boshidan beri besh marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Qutqaruv ishlari vaqtida odamlar ustiga binoning tom qismi ham qulab tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Belgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing