Polsha Rossiya elchixonasining bank hisoblarini bloklab qo‘ydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning fevral oyi oxiridan beri Polsha Rossiyaning Varshavadagi elchixonasining bank hisoblarini “terrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin” degan bahona bilan bloklab qo‘ygan.

Polsha rasmiylarining bu qadami Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini buzadi. Bu haqda Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev ta’kidlagan.  

“Fevral oyi oxiridan beri hisoblarimiz bloklangani haqidagi masalani endi ko‘tardim. Men bu haqda ilgari gapirmaganman, lekin qiziq bir tafsilotni qo‘shib qo‘yaman — hisoblar birinchi navbatda Moliya vazirligining, keyin esa Polsha prokurorining qarori bilan bizning hisoblarimizdagi mablag‘lar noqonuniy yo‘l bilan olingan pul mablag‘larini yuvish yoki terrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkinligi sababli bloklangan”, degan elchi. 

Unga ko‘ra, bu bilan Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiqdan-ochiq buzilayotganini ko‘rish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Polsha razvedka xizmati Varshava tomonidan razvedka faoliyatida ayblanayotgan 45 nafar rossiyalik diplomatlar ro‘yxatini tayyorlab, mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing