Polsha osmonini Britaniya raketalari bilan mudofaa qilmoqchi

Olam

image

Iyun oyining oxiriga kelib Polsha armiyasi Britaniyaning SAMM raketalari bilan jihozlangan Narew qisqa masofali havo mudofaa tizimini ishga tushiradi. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni Polsha Milliy mudofaa vaziri Mariush Blashak harbiy poligondagi raketadan otish chog‘ida aytib o‘tdi.

“Tez orada, hatto shu oy oxirigacha, bugun o‘z mashg‘ulotlarini ko‘rsatgan askarlar ushbu zamonaviy jihozlardan foydalangan holda Polshaning raketaga qarshi va havo mudofaasi bo‘yicha navbatchilikni boshlaydilar”, degan vazir.

Uning ta’kidlashicha, Narew tizimi ham dronlarga, ham manyovrli raketalarga qarshi samarali bo‘ladi.

Aytish joizki,  Britaniyaning SAMM raketalarini yetkazib berish bo‘yicha qiymati 1,65 milliard zlotiy (taxminan 400 million dollar) bo‘lgan shartnoma o‘tgan yilning aprel oyida imzolangan.

Ma’lumot uchun, ko‘p kanalli havo hujumidan mudofaa tizimi bir vaqtning o‘zida 24 nishonni kuzatish va urish imkonini beradi. Ishga tushirish moslamasi Polshada ishlab chiqarilgan yuk mashinasi shassisiga o‘rnatilgan va radar bilan jihozlangan. Yangi tizimning harakatlanish radiusi 25 kilometrgacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Belarusning Polsha bilan chegaradosh mintaqasida harbiy kolonnalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun xalq militsiyasi otryadlari tuzilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

raketa Pol'sha Britaniya mudofaa tizimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing