Polsha ikkita harbiy brigadasini Belarus bilan chegaraga olib o‘tmoqda

Olam

image

Polsha Belarus bilan chegarasidagi harbiy kontingentni kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, Polsha o‘zining sharqiy chegarasi bo‘ylab mudofaani kuchaytiradi. 

“12 va 17-mexanizatsiyalashgan brigadalardan 1000 nafar harbiy xizmatchi va 200 ga yaqin texnika Polshaning sharqiga ko‘chib o‘tadi”, deyiladi bosh qo‘mondonlik buyrug‘ida. 

Ta’kidlanishicha, bugun, 8 iyul kuni mamlakatning qator hududlarida harbiy kalonnalar tufayli tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Belarus hududiga taktik-yadroviy qurollarning joylashtirilishiga javoban AQSHdan yadroviy qurollarini o‘z hududiga o‘tkazishini so‘ragandi. Shuningdek, “Vagner”ning Belarusga ko‘chirilishi ortidan NATOning sharqiy chegaralari xavf ostida qolishi mumkinligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Pol'sha Belarus'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing