Polsha AQSH yadroviy qurolini o‘z hududiga joylashtirmoqchi

Olam

image

Polsha Rossiya o‘zining taktik-yadroviy qurollarini Belarusga o‘tkazishini e’lon qilishi ortidan AQSHning yadro qurolini o‘z hududiga joylashtirishni so‘radi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni mamlakat Bosh vaziri Mateush Morevetskiy Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi

Bosh vazir mazkur so‘rovni bildirar ekan, yakuniy qaror AQSH va NATOga bog‘liq ekanini ta’kidlagan. 

“Rossiya Belarusda taktik-yadro qurolini joylashtirish niyatida ekan, biz butun NATOni Yadroviy almashinuv dasturida ishtirok etishga chaqiramiz. Biz qo‘l qovushtirib o‘tirishni istamaymiz. Yakuniy qaror AQSH va NATOdagi hamkorlarimizga bog‘liq. Bu sohada tezkor chora ko‘rish istagida ekanimizni bildiramiz”, deydi Moravetskiy. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat o‘zining taktik-yadroviy qurollarini Belarusga o‘tkazishini e’lon qilgandi. Shu maqsadda Moskva Minskka “Iskander” raketa tizimini topshirdi. Shuningdek, Rossiya Belarus samolyotlarini maxsus o‘q-dorilarni tashish uchun moslashtirishga yordam berishi ma’lum qilindi. Belaruslik uchuvchilar esa Rossiyada maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi. 16 iyun kuni yadroviy kallaklarning dastlabki partiyasi Belarusga o‘tkazildi. To‘liq tarkibdagi qurollar esa yil yakuniga qadar yetkazib berilishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pol'sha yadroviy qurol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing