Putin aqldan ozdimi? U “ajalning kaliti”ni Lukashenkoning qo‘liga topshirmoqchi
Olam
−
26 mart 2023
29104Rossiya Prezidenti Vladimir Putin NATOni Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlayotgani va G‘arb bilan qarama-qarshilikni kuchaytirayotgani haqida ogohlantirib, Moskva Belarusga taktik yadro qurol joylashtirishini aytdi.
Ta’kidlash joizki, Putin mazkur harakat yadroviy qurollarni tarqatmaslik va’dalarini buzmasligini aytgan bo‘lsada, bu Rossiyaning 13 oy avval Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri eng yaqqol yadroviy signallaridan biri bo‘ldi.
Dunyoning boshqa bir yadroviy qudrati bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari esa Putinning bayonotiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lib, Moskva yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida hech qanday alomat yo‘qligini e’lon qildi.
Putin esa o‘z rejalarini AQSHning Yevropada o‘z qurollarini joylashtirishiga o‘xshatdi va Rossiya nazoratni Belarusga o‘tkazmasligini bildirdi. Ammo bu 1990 yillarning o‘rtalaridan beri birinchi marta Rossiya bunday qurollarni mamlakat tashqarisiga joylashtirishidir.
“Bu yerda ham g‘ayrioddiy narsa yo‘q: birinchidan, Qo‘shma Shtatlar buni o‘nlab yillar davomida qilmoqda. Ular uzoq vaqtdan beri o‘zlarining taktik yadro qurollarini ittifoqdosh davlatlari hududiga joylashtirgan. Biz ham majburiyatlarimizni, ta’kidlab aytaman, yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha xalqaro majburiyatlarimizni buzmasdan xuddi shunday yo‘l tutamiz”, deydi Putin davlat televideniyesiga.
Ma’lumot uchun, taktik yadro qurollari shaharlarni yo‘q qila oladigan emas, balki jang maydonida ma’lum yutuqlar uchun ishlatiladigan qurollarni anglatadi. Rossiyada bunday qurollardan qancha borligi noma’lum.