Polsha-Belarus chegarasidagi holatdan fotoreportaj 

Olam

image

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridan kelib, Belarusda bo‘lib turgan bir necha ming noqonuniy muhojirlar, jumladan ayollar va bolalar ayni vaqtda Polsha chegarasi yaqinida to‘plangan. 

RIA Novosti’ning yozishicha, qochqinlar Polsha chegarachilariga hayotlari uchun xavf borligi sababli o‘z mamlakatlarini tark etganliklarini tushuntirishga harakat qilishgan.

Фото:Леонид Щеглов / belta.by

Internetda migrantlar chegaraga o‘rnatilgan to‘siqni buzib, tikanli simni kesishga urinayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Bunga javoban Polsha xavfsizlik kuchlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz sepdi.

Polsha rasmiylarining ta’kidlashicha, bu mamlakat hududiga “kuch bilan ommaviy kirishga bo‘lgan eng yirik urinishdir”. Kechga yaqin noqonuniy muhojirlar chegara yaqinida chodirlar o‘rnatib, o‘t yoqishgan.

Фото:Леонид Щеглов / belta.by

Belarus Davlat chegara qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, chegaraning Polsha tomonida harbiy xizmatchi va texnikalar saf tortgan. Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, G‘arb sanksiyalari tufayli Minskda muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun “na pul, na kuch” bor. 

Фото:s13ru / Telegram

Oxirgi oylarda Litva, Latviya va Polsha Belarus bilan chegarada noqonuniy muhojirlar soni ortgani haqida xabar berdi. Xususan, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 30 mingdan ortiq odam noqonuniy ravishda Polshaga kirishga uringan.

O‘z navbatida, Litva chegarada favqulodda holat e’lon qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa qochqinlardan siyosiy maqsadlarda foydalanishga qarshi ekanini ma’lum qilgan. Polsha Prezidenti chegaradagi vaziyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Belarusni ayblagan

Фото:Леонид Щеглов / belta.by

Фото:Леонид Щеглов / belta.by

Фото:MON_GOV_PL / Twitter

Фото:MON_GOV_PL / Twitter


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing