Polsha Belarus bilan chegarada devor quradi
Olam
−
15 noyabr 2021
3336Polsha hukumati kelasi yilning birinchi yarmida Belarus bilan chegarada devor qurishni rejalashtiryapti. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Machey Vonsik ma’lum qildi.
Shu bilan birga u tegishli kelishuv endi tuzilishini aytib o‘tgan.
“Hali shartnoma imzolanmagan, shu sabab aniq bir muddat ko‘rsatish mas’uliyatsizlik bo‘ladi”, degan u.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, belarus-polsha chegarasining migrantlar to‘plangan qismi kecha tunda tinch bo‘lgan.
Uning ta’kidlashicha, Varshavada chegarani buzib o‘tishga yangi urinishlar bo‘lishidan qo‘rqishgan, chunki Kuznitsa yaqinidagi lagerga yangi guruhlar va teleko‘rsatuvlar uchun mashina yetib kelgani haqida xabar berilgan edi.
Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, hozir chegarada to‘rt ming chegarachi, ikki ming politsiya xodimi va Polsha armiyasining 15 ming askari bor.
So‘nggi paytlarda Litva, Latviya va Polsha Belarus bilan chegarada Yaqin Sharq va Afrikadan hibsga olingan noqonuniy muhojirlar sonining ko‘payishi haqida xabar berdi, Minsk migratsiya inqirozini yaratishda ayblandi. Minsk barcha ayblovlarni rad etdi. Vaziyat munosabati bilan Polsha Prezidenti Belarus bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy qildi, chegarani himoya qilishga armiya va politsiya jalb qilindi.
Belarus chegarachilari Litva, Polsha va Latviya tomonidan muhojirlarni Belarus hududiga majburan chiqarib yuborish haqida bir necha bor bayonot bergan. O‘tgan haftada Belarusning Polsha bilan chegarasi yaqinida 2 mingga yaqin kishidan iborat qochqinlar lageri tashkil etildi.
LiveBarchasi