Pol Pogba “Real”ga o‘tish niyatida 

Sport

image

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi yarim himoyachisi fransiyalik Pol Pogba Madridning "Real" klubiga o‘tish niyatida. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Pogba faoliyatini davom ettirishi uchun "Real"ni ma’qul variant deya hisoblamoqda. Agarda Pol Pogba sobiq jamoasi "Yuventus" klubidan taklif tushsa ham "Real"ni tanlashini ma’lum qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, madridliklar o‘tgan yilning yoz oyida Pogbaga qiziqish bildirgandi. Ammo jamoalar futbolchining transfer narxini kelisha olmagani bois o‘tish amalga oshmay qolgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi Pol Pogba "Manchester Yunayted" jamoasida joriy mavsumda barcha musobaqalarda 8 uchrashuvda maydonga tushgan va 2 marotaba golli uzatma oshirgan. Pogbaning "qizil iblislar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoz oyida o‘z yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Pol' Pogba

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing