Pokistonning sobiq Prezidenti Parvez Musharraf vafot etdi

Olam

image

Pokistonning sobiq Prezidenti Parvez Musharraf 79 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Dubayda vafot etdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Musharraf 1943 yilda Dehlida tug‘ilgan. Pokiston mustaqillikka erishgach, harbiy akademiyani tamomlagan va Hindistonga qarshi janglarda qatnashgan. U Pokiston qurolli kuchlarida qator lavozimlarda ishlagan, 1998 yilda esa Pokiston armiyasi bosh shtab boshlig‘i bo‘lgan.

U Pokistonda 1999 yilda harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Musharraf 2001 yildan 2008 yilgacha mamlakat Prezidenti bo‘lib ishladi. U 2008 yilda impichment e’lon qilinishi munosabati bilan o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqdi.

Bir necha yil xorijda yashagan Musharraf 2013 yilgi saylovlardan foydalanib, yana hokimiyatga qaytishga urindi. Biroq u 2007 yilda davlatga xiyonat va sobiq Bosh vazir Benazir Bxuttoning o‘ldirilishida jinoiy ishlar bo‘yicha hibsga olingan va uy qamog‘iga olingan. 2016 yilda Musharrafga davolanish uchun BAAga borishga ruxsat berilgan, shundan beri u shu yerda qolmoqda.

Musharraf 2019 yilda sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Pokiston Parvez Musharraf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing