Pokistonning sobiq bosh vaziri hibsga olindi (video)

Olam

image

Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon bugun, 9 may kuni mamlakat poytaxti Islomobodda hibsga olindi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi

Qayd etilishicha, korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanayotgan sobiq bosh vazir sudda qatnashish uchun borganida qamoqqa olingan. 

Imron Xonning partiyasi yuqori amaldorlaridan biri Favod Chaudriga ko‘ra, 72 yoshli siyosatchi bugun Islomoboddagi sud zalida Pokistonning korrupsiyaga qarshi kurashish organi – Milliy javobgarlik byurosi xodimlari tomonidan ushlangan. 

“Reuters” nashri xabarida aytilishicha, Imron Xon Islomobod oliy mahkamasi darvozasidan o‘tganidan ko‘p o‘tmay, uning ortidan harbiylashtirilgan kuchlar kontingenti va bronetransportyorlar kirib kelgan. Darvoza zirhli texnika yordamida to‘sib qo‘yilib, sobiq bosh vazir kuchli nazorat ostida olib ketilgan. 

Imron Xon o‘tgan yili unga nisbatan berilgan ishonchsizlik votumi sabab vazifasidan ketgandi. U o‘zining hokimiyatdan chetlatilishini noqonuniy va G‘arbning fitnasi ekanini da’vo qilib, hozirgi Bosh vazir Shahboz Sharif hukumatiga qarshi saylovoldi tashviqotini olib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing