Pokistonlik diplomatning qizi o‘ldirib ketildi
Olam
−
31 iyul 2021 10735 1 daqiqa
Pokistonning Janubiy Koreyadagi sobiq elchisining qizi — 27 yoshli Nur Mukadam o‘ldirib ketildi. Bu pokistonlik ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Reuters” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mukadam joriy yilning 20 iyul kuni Pokiston poytaxti Islomobodning elita tumanida boshi tanasidan uzilgan holda topilgan. Politsiya Pokistondagi eng boy oilalardan birining vorisi va AQSH fuqarosi Zohir Jafferni qotillikda ayblagan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qiz va yigit do‘st bo‘lgan. Jaffer Mukadamni yo‘ldan ozdirib, uni ikki kunga qamab qo‘ygan va boshini kesib tashlagan.
Diplomat qizining o‘ldirilishi keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda g‘azabga to‘la xabarlar yozgan, mamlakatning yirik shaharlarida, hatto Kanada va AQSHda ham norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.
Ma’lumot o‘rnida, har yili Pokistonda oiladagi zo‘ravonlikdan yuzlab ayollar o‘ldiriladi va minglab odamlar jarohat oladi. Hujumchilar esa kamdan-kam hollarda jazoga tortiladi.
Avvalroq, Afg‘onistonning Pokistondagi elchisining qizi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025