Qizi o‘g‘irlanib, qiynoqqa solingan Afg‘oniston elchisi Qobulga chaqirib olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Afg‘onistonning Pokistondagi elchisining qizi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar bergan edik. 

Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketilganidan so‘ng, elchi Qobulga chaqirib olindi. Bu haqda "Interfaks" Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, xabar bermoqda.

"Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketilganidan so‘ng, Islom Respublikasi rahbariyati elchini va yuqori martabali diplomatlarni Qobulga chaqirdi", deyiladi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. 

Xabarga ko‘ra, tez orada Afg‘oniston delegatsiyasi “o‘g‘irlanish ishi va unga tegishli masalalar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish, shuningdek choralar ko‘rish uchun Pokistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Yakuniy qaror delegatsiyaning xulosalari asosida qabul qilinadi”.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi elchining qizi o‘g‘irlanishini qoralagan. Shuningdek, diplomatlar va ularning oilalari, Afg‘onistonning Pokistondagi siyosiy va konsullik vakolatxonalari xodimlarining xavfsizligidan tashvishda ekanini bildirgan. Qolaversa, ularning to‘liq xavfsizligini ta’minlash uchun Pokiston hukumatini zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston

Baholaganlar

293

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing