Pokistondagi zavodda yirik portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Pokistonning Panjob viloyati Lahor shahridagi ichimliklar zavodida yirik portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, bir kishi yaralangan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in qozonxonalardan birining portlashidan kelib chiqqan va korxona binosini qamrab olgan. Yong‘inni o‘chirish uchun voqea joyiga 7 ta o‘t o‘chirish guruhi jalb etilgan. Yong‘in atrofdagi binolarga ham zarar yetkazgan. 

Ta’kidlanishicha, o‘lganlar orasida zavod ishchilaridan biri ham bo‘lgan. Zavod qo‘riqchisi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 22 dekabrida Karachida muz zavodidagi qozon ham portlab ketgan. Portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Portlash Pokiston

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing