Pokistondagi teraktni kim sodir etgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
31 iyul 2023
14254Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining Bajaur tumanida sodir etilgan teraktda ISHID terror tashkiloti jangarilari ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni xavfsizlik kuchlari vakiliga tayanib, “Dawn” gazetasi xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Pokistondagi teraktda ISHIDning “Xuroson” guruhi aloqadorligiga shubha yo‘q.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning dastlabki 6 oyida Pokistonda teraktlar soni 79 foizga oshgan – olti oy ichida mamlakatda 271 ta terakt sodir etilgan, buning oqibatida 389 kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 iyul kuni Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi Xar shahrida “Jamiat Ulamoi Islom” (“Islom ulamolari kengashi”) partiyasining qurultoyida portlash sodir bo‘lgandi. Hujum oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘lgan edi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamdardlik bildirgan.
LiveBarchasi