Pokistondagi teraktda 8 politsiyachi halok bo‘ldi

Olam

image

Pokiston shimoli-g‘arbida terakt sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana 57 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Dawn” xabar berdi.

Aytilishicha, hujum Xayber-Paxtunxva viloyatining Svat tumanida sodir bo‘lgan, nishon esa Pokiston terrorizmga qarshi kurash departamenti xodimlari bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ikkita portlash sodir qilingan, oqibatda nazorat-o‘tkazish punkti binosi butunlay vayron bo‘lgan.

Hozirda voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Politsiya hujumni xudkush-terrorchi amalga oshirganini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing