Pokistondagi samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga qancha tovon to‘lanishi aytildi

Olam

image

Pokiston ma’murlari Karachi shahrida samolyot halokатида halok bo‘lganlarning oilalariga 1 million rupiy (taxminan 6,200 dollar) miqdorida tovon to‘laydi. Bu haqda mamlakat Aviatsiya vaziri G‘ulom Sarvar Xon ma’lum qildi.

Samolyot qulashi natijasida 97 kishining halok bo‘lganini tasdiqladi. Samolyotning ikki yo‘lovchisi omon qoldi.

Aviatsiya vaziri G‘ulom Sarvar Xon aviahalokatdan omon qolgan ikki kishi 500 ming rupiy oladi, deb ta’kidladi. Tovon puli avtohalokatda uylari va avtomobillari shikastlangan hududda yashovchilarga beriladi.

“Juda ko‘p zarar yetkazildi. Biz dastlabki tekshiruvni o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berdik va hukumat keltirilgan zararni baholash ishlaridan keyin qoplaydi“, deydi Sarvar Xon.

U fojiali voqeadan afsusda ekanligini va qurbonlarning oilalariga hamdard ekanini aytdi. Xonning qo‘shimcha qilishicha, falokat uchun javobgarlar albatta jazolanadi.

Aviakompaniyaning xabar berishicha, halokatga uchragan samolyotni so‘nggi tekshirish ishlari joriy yilning 21 mart kuni o‘tkazilgan. Unda dvigatel, qo‘nish uzatish yoki samolyotning asosiy tizimlarida hech qanday nuqsonlar topilmagan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Camolyot halokati

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing