Pokistondagi samolyot halokatida bir necha kishi omon qolgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image
Pokistondagi samolyot halokati joyidan fotoreportaj north_east

Pokistondagi samolyot halokati joyidan fotoreportaj

Pokistonning Karachi aeroporti yaqinida avariya natijasida tirik qolganlar bor. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi

Ta’kidlanishicha, samolyot yo‘lovchilarining kamida ikki nafari tirik. Ayni paytda, mahalliy telekanallar samolyotning oldingi qatorida o‘tirgan uchta yo‘lovchining tirik qolgani haqida xabar berishdi. Samolyot bortida jami 107 kishi bo‘lgan.

Avvalroq, Karachi meri Vasim Axtar samolyot bortida bo‘lganlarning hammasi halok bo‘lganini aytgandi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Airbus A320 kamida ikki marta qo‘nishga uringan.

Ma’lumot uchun, Pokiston xalqaro havo yo‘llariga tegishli Airbus 320 yo‘lovchi samolyoti bugun, 22 may kuni Karachi aeroporti yaqinida halokatga uchradi. Samolyot Lahor-Karachi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib, Karachidagi Jenni xalqaro aeroportiga qo‘nmasdan oldin qulab tushdi.

Ma’muriy markazi Karachi shahri bo‘lgan Sind viloyatining ma’murlari samolyot aholi zich joylashgan hududga qulaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Samolyot halokati

Baholaganlar

353

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing