Pokistondagi portlashda talabalar halok bo‘ldi. Qurbonlar soni ortib bormoqda

Olam

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Pokistonning Peshovar shahrida o‘tayotgan seminariyada portlash sodir etildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiada o‘lganlar soni yetti kishiga yetgan va 70 ga yaqin odam jarohat olgan. Bu haqda “Dawn” gazetasi yozmoqda.

Hisobotda ta’kidlanishicha, portlashda halok bo‘lganlar va yaradorlar orasida seminariyada ishtirok etgan juda ko‘p talabalar bor. Ikki o‘qituvchi jarohat olgani ham ma’lum. Shifoxona vakili barcha jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilganligini ma’lum qildi.

Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra noma’lum kimsa qo‘lbola portlovchi moslama bo‘lgan sumkani seminariyaga olib kirgan. Ayni paytda voqea sodir bo‘lgan joy o‘rab olingan, huquqni muhofaza qilish idoralari ish olib bormoqda.

Hech bir terrorchilik tashkiloti mazkur voqeaga aloqadorlikni zimmasiga olmagan. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Peshovar

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing