Pokistondagi portlashda kamida 10 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Pokistonning Balujiston shahrida ko‘chadagi portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “Dawn” gazetasi bugun, 30 sentyabr kuni hukumat rasmiylariga tayanib xabar berdi.

“Kvettadagi Chegara qo‘shinlari shtab-kvartirasi yaqinidagi gavjum ko‘chada portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi”, deyiladi nashrda.

Gazetaning yozishicha, hodisa “bomba o‘rnatilgan mashina” bilan bog‘liq bo‘lib, 32 kishi jarohat olgan. Ular shifoxonaga yotqizilgan.

Nashrga ko‘ra, ushbu ishda gumonlanuvchilar allaqachon yo‘q qilingan.

Kvetta politsiyasi boshlig‘i Muhammad Balochning so‘zlariga ko‘ra, portlash bomba o‘rnatilgan avtomobil Model shaharchasidan Chegara qo‘shinlari shtab-kvartirasi yaqinidagi Xali yo‘liga burilganida sodir bo‘lgan.

Balujistondagi hukumat rahbari Mir Sarfraz Bugti voqeani keskin qoralab, uni “terrorchilik akti” deb atadi.

“Hodisadan so‘ng xavfsizlik kuchlari tezkor va samarali javob berib, to‘rt terrorchini yo‘q qildi”, deya yozgan u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning Parvon viloyatidagi Bagram aviabazasi darvozasi yaqinida portlash sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Pokiston Balujiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing