Pokistondagi masjidda bomba portladi. 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Pokistonning Islomobod shahridagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Times of Islamabad” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Islomobodning Tarlai Kalon hududidagi Imom Bargah Qasr-e-Xadijatul Kubra masjidida kuchli portlash sodir bo‘lgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xudkush terrorchi tushdan keyin masjidning asosiy darvozasida portlovchi moddalarni portlatgan. U kirish eshigi oldida qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatilganiga qaramay ichkariga kirishga harakat qilgan. Portlash masjid darvoza konstruksiyasiga jiddiy zarar yetkazgan, yaqin atrofdagi binolarning derazalarini sindirgan.

“Mamlakat poytaxtida juma namozi vaqtida masjidda yuz bergan portlash oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi, 169 kishi jarohat oldi”, deydi tuman ma’muriyati vakili Dawn nashriga.

Ayni paytda qutqaruv va qidiruv ishlari boshlangan. Jarohatlanganlar Pokiston Tibbiyot fanlari instituti va yaqin atrofdagi boshqa shifoxonalarga ko‘chirilmoqda. Politsiya butun hududni o‘rab olgan va sud-tibbiy dalillarni to‘plashni boshlagan. Hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Islomobodda 2025 yil noyabr oyida tuman sudlari majmuasi tashqarisida sodir etilgan xudkushlik hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

masjid portlash Pokiston Islomobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing