Pokistonda yuzlab odamlar yomg‘ir va suv toshqinlari qurboni bo‘ldi

Olam

image

Iyun oyi o‘rtalaridan buyon Pokistonda kuzatilayotgan musson yomg‘irlari va ular sabab yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 312 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 25 iyul kuni to‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir 11 nafar aholining hayotiga zomin bo‘lgan. Sind provinsiyasidagi hayot falajlangan. Karachi va Haydarobod shahriga kuniga 204 mm yog‘in tushgan. 

Oqibatda, Karachida elektr energiyasining uzoq muddat uzilishi, ichimlik suvi yetishmasligi va yomon ob-havodan jabr ko‘rgan aholiga Hukumat tomonidan yordam ko‘rsatilmaganiga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan.

Islomobod va Ravalpindi shahrida bir qancha hududlarni, xususan xalqaro aeroport joylashgan hududning bir qismini suv bosgan, oqibatda parvozlar to‘xtab qolgan. Suv toshqinlari tufayli Islomobodni mamlakatning qolgan qismi bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida transport harakati to‘sib qo‘yilgan.

Balujistonda sel Kvetta-Karachi avtomagistralidagi ko‘priklarni yuvgan, bu yo‘lda harakat 10 soatga to‘xtatilgan. Rasmiylar Xab daryosi atrofidagi o‘nlab qishloqlar aholisini evakuatsiya qilmoqda.

Pokiston Hukumati suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun qurolli kuchlarni shay holatga keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

59

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing