Vayronkor zilzilada 19 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
25 Sentabr 2019 7429 1 daqiqa
Pokistonda yuz bergan kuchli zilzila natijasida 19 kishi halok bo‘ldi va kamida 300 kishi jarohatlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
“Pokiston sharqida 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Natijada 19 kishi qurbon bo‘ldi, 300 nafari jarohatlandi”, deyiladi xabarda.

Qurbonlar orasida bolalar ham bor. Silkinish markazi kashmir viloyatidagi Mirpur shahri yaqinida bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlarda asosiy yo‘lda katta yoriqlar yuzaga kelgani, uylar qisman zararlanganini ko‘rish mumkin. Zilzila keltirgan zararning umumiy miqdori hozircha noma’lum.
Favqulodda vaziyat yuz bergan joyga yordam berish uchun harbiylar yuborilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025