Pokistonda toshqindan o‘lganlar 1000 nafardan oshdi

Olam

image

Pokistonda joriy yilning 14 iyunidan beri davom etayotgan kuchli yomg‘irlar qurbonlari soni 1061 kishiga yetdi, 1575 kishi jarohat oldi.

Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi (NDMA) ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida tabiiy ofat 28 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va 48 kishi jarohatlangan.

Kuchli yomg‘irlar 992 871 ta uyga zarar yetkazdi va 727 144 bosh hayvonlarni nobud qildi.

Jami 33 milliondan ortiq odam toshqindan jabr ko‘rdi, 498 442 kishi jabrlanganlar uchun qurilgan lagerlardan boshpana topdi.

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha vaziri Sheri Rehman Twitter’dagi sahifasida Pokiston oxirgi 10 yildagi eng dahshatli tabiiy ofatga duch kelganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat jiddiy iqlim fojiasini boshidan kechirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing