Pokistonda teraktlar soni ortdi

Olam

image

Pokistonda terror hujumlari soni ortib bormoqda. Bu haqda Pokiston tinchlik tadqiqot institutiga tayanib, “Dawn” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yil avgustida sodir etilgan teraktlar soni 59 tani tashkil etgan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 21 taga ko‘pdir.

Eng ko‘p ekstremistik hujumlar Xayber-Paxtunxva (29) va Balujiston (28) viloyatlarida qayd etilgan. Panjobda yana ikkita terakt sodir etildi. Ekstremistik guruhlarning harakatlari oqibatida kamida 84 kishi halok bo‘ldi, yana 166 kishi yaralandi.

Hujumlar uchun javobgarlikni Pokistonda taqiqlangan (ilgari “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” nomi bilan atalgan, respublika hukumati qarori bilan 2024 yil iyul oyi oxirida o‘zgartirilgan) “Fitna al-Xavorij”, Balujiston ozodlik armiyasi, “Hofiz Gul Bahodur guruhi”, “Lashkari Islom”, shuningdek, “Viloyat Xuroson” (“Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotining afg‘on bo‘limi) o‘z zimmasiga oldi.

Hisobot davrida mamlakatda 12 ta aksilterror operatsiyasi o‘tkazildi va ular davomida 88 nafar jangari yo‘q qilindi. Ekstremistlar bilan to‘qnashuvda kamida 15 nafar harbiy va 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 26 avgust kuni Pokiston janubi-g‘arbida qurollangan shaxslar ikkita hujumda kamida 31 kishini o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made