Pokistonda suv toshqinlari qurbonlari qariyb 1,4 mingga yetdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Pokistonda joriy yilning 14 iyunidan beri davom etgan musson yomg‘irlari oqibatida kuzatilayotgan toshqinlar qurbonlari soni 1396 kishiga yetdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Pokistonning tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligi (NDMA) ga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 14 iyundan beri davom etayotgan yomg‘irlar oqibatida 1396 kishi, jumladan, 499 nafar bola va 280 nafar ayol halok bo‘lgan, 12 728 kishi jarohatlangan.

Kuchli yomg‘irlar oqibatida 1 743 345 ta uy zarar ko‘rgan, shundan 568 817 tasi butunlay vayron bo‘lgan.

6674 kilometr yo‘l va 269 ko‘prik vayron bo‘lgan, 750 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari nobud bo‘lgan.

Yomg‘irlardan 33,4 million kishi jabr ko‘rdi, 634 ming 749 kishi chodir lagerlariga joylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing