Pokistonda portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 10 iyun kuni Pokiston shimoli-g‘arbida bo‘lgan portlashda ikki askar halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib "Sinxua" axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Afg‘oniston bilan chegaradosh Vaziristonning shimolida sodir bo‘lgan. Portlash moslamasi harbiy transport vositasi ichiga o‘rnatilgan.

Yaradorlar eng yaqin shifoxonaga yetkazilgan. Xavfsizlik xizmatlari voqea joyida qidiruv ishlarini olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing