Pokistonda masjid portladi

Olam

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Pokistonning Xayber-Paktxunxva provinsiyasidagi masjidda portlash bo‘ldi. Bu haqda “Dawn” xabar berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, provinsiyaning Hangu shahrida sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida kamida to‘rt kishi, jumladan, bir politsiyachi halok bo‘lgan.

Politsiya xodimi Nisar Ahmadning bildirishicha, birinchi portlash politsiya bo‘limiga kiraverishda sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, ko‘plab odamlar voqea joyiga to‘plangan. Bir necha daqiqadan so‘ng politsiya bo‘limi hududida joylashgan masjidda yana portlash bo‘lgan.

Nisar Ahmad ikkinchi portlash juma xutbasi vaqtida sodir bo‘lganini aytgan. 

“Portlash ta’sirida masjidning tomi qulab tushdi”, deya ma’lum qilgan rasmiy.

Bildirilishicha, vayronalar ostida 30-40 ga yaqin odam qolib ketgan. Jasadlar va yaradorlarni olib chiqish uchun og‘ir texnika jalb qilingan.

Hozircha hech qanday terror tashkilot hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Voqeaga guvoh bo‘lgan Shohid Xon Zamonning aytishicha, portlash vaqtida masjid ichida taxminan 60-70 kishi bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xudkush-terrorchi gumon qilinuvchi masjid darvozasidan ichkariga kirishga uringan, biroq politsiyaning qarshiligi ko‘pchilikning binoni tark etishiga imkon bergan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikkinchi xudkush o‘zini masjid ichida portlatgan.

Bundan tashqari, g‘arbiy Balujiston viloyatidagi Mastung shahridagi masjidda ham portlash sodir bo‘lgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda 52 kishi halok bo‘lgan, yana 50 kishi yaralangan.

Portlash odamlar masjidga Mavlud bayrami (Muhammad payg‘ambarning tavallud kuni) ni nishonlash  uchun to‘plangan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Rasmiylar buni xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan, deb hisoblamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

masjid portlash Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made