Pokistonda kuchli suv toshqinlari oqibatida 330 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Pokistonda o‘tgan bir necha kun davomida kuchli suv toshqinlari sababli 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi, yuzlab odam jabrlandi. Bu haqda mahalliy “Business Recorder” nashri xabar berdi.

Pokistonning tabiiy ofatlarni milliy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina dushanbadan buyon mamlakatda kamida 35 kishi suv toshqini qurboni bo‘lgan va qurbonlar soni 337 nafarga yetgan.

Nashrning ta’kidlashicha, tabiiy ofat 8,6 ming uy zarar ko‘rgan, 3,3 mingga yaqini butkul vayron bo‘lgan. Yuzlab odamlar boshpanasiz qolgan. Bundan tashqari, 50 ta ko‘prikni suv toshqinlari olib ketgan, umumiy uzunligi 650 km bo‘lgan yo‘llarni vayron qilgan.

Tabiiy ofatdan eng ko‘p Balujiston viloyati jabr ko‘rgan. U yerda 104 kishi halok bo‘lgan, 60 dan ortiq kishi jarohatlangan. 580 km yo‘l vayron bo‘lgan.

Panjob viloyatida kamida 71 kishi, Sind viloyatida 81 kishi va Xayber-Paxtunxvada 67 kishi halok bo‘lgan. Gilgit-Baltiston va Ozod Kashmirda ham halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor.

Islomobod shahrini o‘z ichiga olgan federal poytaxt hududida bitta o‘lim holati qayd etilgan.

OAVning xabar berishicha, yaqin kunlarda mamlakatda kuchli yomg‘ir davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing