Pokistonda qulagan samolyotning qora qutisi ochildi. Yangi tafsilotlar e’lon qilindi

Olam

image

“Pokiston xalqaro havo yo‘llari” samolyoti Airbus A320 uchuvchisi qo‘nish paytida havo harakatini boshqarish nazoratchisining ko‘rsatmalariga e’tibor bermagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan yuborilgan maktubda aytilgan, deya xabar bermoqda “Reuters” agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dispetcher uchuvchidan ikki marta yerga yaqinlashishni to‘xtatishni talab qilgan, ammo u qo‘nishni davom ettirgan. Samolyotning tezligi ruxsat etilganidan ancha yuqori bo‘lgan. Aviakompaniya vakili ushbu xatni agentlikka tasdiqladib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, 22 may kuni "Pokiston xalqaro aviakompaniyasi"ga qarashli yo‘lovchi samolyoti Karachi shahrida halokatga uchragan edi. Oqibatda bortda bo‘lgan 97 kishi halok bo‘ldi.

Dastlab, samolyot qulashiga sabab bo‘lgan turli taxminlar o‘rtaga tashlandi. Uning qulashiga qushlar galasi sabab bo‘lgan, degan versiya paydo bo‘lgan bo‘lsa, biroz o‘tib samolyot dvigatelida nosozlik paydo bo‘lgan, shu sabab u yerga qulagan, degan variant yuzaga chiqdi. 

30 may kuni Fransiya fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini tekshirish va tahlil qilish byurosi (BEA) 2 iyundan boshlab ushbu samolyotning qora qutisi parolini ochishni boshlashini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing