Pokistonda qonli portlash: 11 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
11:57 897 1 daqiqa
Pokistonning Dera Ismoil Xon shahrida yuz bergan portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi jarohatlandi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash kecha, 26 sentyabr kuni mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining Darazinda hududida, Aman Mela yaqinida sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana 30 kishi turli darajada jarohatlangan. Hodisa joyiga Darazinda qutqaruv bo‘limi xodimlari yetib borib, jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatgan va ularni shifoxonaga olib ketgan.
Portlash uchun javobgarlikni “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” ya’ni “Pokiston Tolibonlari” deb ataluvchi qurolli guruh o‘z zimmasiga olgan.
Dera Ismoil Xon Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarga yaqin joylashgan bo‘lib, shaharda avval ham “Tolibon” jangarilar tomonidan, xususan, politsiya va xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumlar sodir etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi notinch shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan masjidda uyushtirilgan portlash oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi