Pokistonda 200 ga yaqin odam suv toshqini qurboni bo‘ldi

Olam

image

Pokistonning Balujiston provinsiyasida musson shamoli mavsumidagi kuchli yomg‘irlar tufayli so‘nggi bir necha hafta ichida kuzatilgan suv toshqinlari 186 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi bir necha hafta ichida Balujistonda yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida 85 nafar erkak, 45 nafar ayol va 56 nafar bola halok bo‘lgan, yana 75 kishi jarohat olgan.

Shuningdek, yog‘ingarchilik va suv toshqinlari sabab viloyatdagi 23 ming boshdan ortiq chorva hamda parrandalar o‘lgan, 18 ming 87 turar joy va 16 ta ko‘prik vayron bo‘lgan.

Pokiston favqulodda xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, iyul va avgust oylarining bir qismidagi mavsumiy yomg‘irlar hamda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni mamlakat bo‘ylab 700 dan oshgan.

Vayronagarchilik va qurbonlarning aksariyati Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Panjob viloyati, Balujiston hamda Sind provinsiyasida qayd etilgan.

2022 yilda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda musson yog‘inlari me’yordan 30-40 foizga oshdi. Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka, Kambodja, Laos, Vetnam, Tailand, Malayziya va boshqa mamlakatlarda toshqin hamda ko‘chkilar kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston

Baholaganlar

57

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing