Pokistonda halokatga uchragan samolyotning hech bir yo‘lovchisi omon qolmadi
Olam
−
22 may 2020 10246 1 daqiqa
Avvalroq, “Pokiston havo yo‘llari”ga qarashli yo‘lovchi samolyoti Karachi shahrida halokatga uchragani, uning bortida 100 kishi borligi aytilayotgani haqida xabar bergan edik.
Karachi shahri meri Vosim Axtarning ma’lum qilishicha, samolyot bortida 107 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.
Axtarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qulaganidan so‘ng, yo‘lovchilardan hech kim tirik qolmagan.
Ayni paytda halokat sabablari o‘rganilmoqda. Samolyot halokati oqibatida aholi turar-joylari va ma’muriy binolarga zarar yetgan. Tinch aholi vakillari orasida qurbonlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumotlar berilmagan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr