Pokiston “svet”siz qoldi

Olam

image

Bugun, 23 yanvar kuni Pokistonda milliy elektr tarmog‘idagi nosozlik tufayli erta tongdan quvvat uzilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi o‘z Twitter’ida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, mamlakatning barcha yirik shaharlarida, jumladan, Karachi, Islomobod, Lahor va Peshovarda elektr ta’minoti uzilgan. Pokiston Energetika vaziri Xurrum Dastagirning aytishicha, tarmoqdagi nosozlik Pokiston janubidagi “chastota o‘zgarishi” ortidan sodir bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, bu “katta inqiroz emas” va hokimiyat tez orada muammoni bartaraf etadi.

Pokiston Energetika vazirligi bayonotida elektr ta’minoti mahalliy vaqt bilan taxminan 07:34 da uzilgani va tizimni qayta tiklash uchun tezkor ish olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, vazir Dastagir o‘z intervyusida mamlakatdagi ayrim tarmoqlar allaqachon tiklangani va 12 soat ichida elektr quvvati to‘liq tiklanishini aytgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Pokiston “svet”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing