Pokiston Samarqanddagi olimpiadada Isroilni boykot qildi

Sport

image

Pokiston terma jamoasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining birinchi turida Isroil jamoasiga qarshi o‘ynashdan bosh tortdi. Bu haqda “World Chess” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pokiston jamoasining uchrashuvda ishtirok etmasligi sababli Isroilga 4:0 hisobida texnik g‘alaba yozilgan. Pokiston shaxmat federatsiyasi ushbu qaror mamlakat hukumati siyosatiga muvofiq hamda Falastin xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida qabul qilinganini ma’lum qilgan.

“World Chess” nashriga ko‘ra, turli millat vakillarini bir maydonga jamlaydigan shaxmat Olimpiadasi xalqaro siyosat voqeligi bilan to‘qnash kelgan. Musobaqada 200 dan ortiq jamoa ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, barcha termalar o‘zaro raqobatlashishga tayyor emasligi namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga, Pokiston terma jamoasi turnirda ishtirokini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi joriy yilning 15 sentyabr kuni Samarqandda start oldi. Ortda qolgan birinchi va ikkinchi turlarda O‘zbekistonning barcha erkaklar va ayollar terma jamoalari (1, 2 va 3-jamoalar) ishonchli g‘alabalarini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing