Kurs UZS

USD

12 964.43

-30.16

EUR

14 744.45

-17.4

RUB

158.28

0.6

Pokiston Bosh vaziri oilasi bilan Lukashenkoning uyida mehmon bo‘ldi (video)

Olam

image

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif kecha, 10 aprel kuni oilasi bilan belaruslik Aleksandr Lukashenkoning uyida mehmon bo‘ldi. 

Shahboz Sharifga akasi, Pokiston musulmon ligasi yetakchisi, Pokistonning sobiq bosh vaziri Navoz Sharif hamrohlik qildi. 

“Bu biz birga tashrif buyurayotgan birinchi davlat”, dedi Navoz Sharif Lukashenkoga.

“Navoz, sen haqiqiy do‘stsan!” dedi Lukashenko bunga javoban.

Shuningdek, pokistonlik mehmonlar orasida Shahboz Sharifning jiyani, Navoz Sharifning qizi, Panjob viloyati bosh vaziri (gubernatori) Maryam Sharif ham bor edi.

“So‘zida turdi. Kelaman deb va’da bergan edi, keldi”, dedi Lukashenko Maryam Sharif bilan ko‘rishar ekan.

Maryam Sharif ukasi va qizini, Lukashenko esa o‘g‘illari Dmitriy va Nikolayni tanishtirdi. 45 yoshli Dmitriy va 20 yoshli Nikolay Lukashenko Maryam Sharif va qiziga guldasta sovg‘a qildi.

Ma’lumot uchun, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan Belarusga bordi. Kecha, 10 aprel kuni ertalab Minskda biznes-forum formatida Belarus-Pokiston ishbilarmonlar kengashi bo‘lib o‘tdi. Bugun, 11 aprel kuni esa rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni, jumladan, sanoat va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, gumanitar aloqalarni mustahkamlashga e’tibor qaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Pokiston Belarus' Aleksandr Lukashenko Shahboz Sharif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing