Pokiston Bosh vaziri Mirziyoyevga rahmat aytdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasining yangi Bosh vaziri Shahboz Sharifni ushbu lavozimga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Bosh vazir o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining meni Pokiston Bosh vaziri lavozimiga ikkinchi marta saylanganim munosabati bilan tabriklagan maktubi uchun minnatdorlik bildiraman", degan u.

Shahboz Sharif barcha sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun O‘zbekiston tarafi bilan yaqindan hamkorlik qilishga umid bildirgan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevdan tashqari, yana boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari – Turkmanistondan Serdar Berdimuhamedov, Qirg‘iz Respublikasidan Sadir Japarov, Qozog‘istondan Qosim-Jomart To‘qayev Shahboz Sharif nomiga tabrik maktubi yo‘llagan.

Eslatib o‘tamiz, 3 mart kuni Shahboz Sharif Pokistonning yangi Bosh vaziri etib saylangani haqida xabar bergan edik. Ma’lumot uchun, Sharif avval ham, 2022 yilning aprelidan 2023 yilning avgustigacha Pokiston hukumatini boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Pokiston Shahboz Sharif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing