Pokiston Bosh vaziri Xitoy vaksinasi bilan emlangandan so‘ng koronavirusga chalindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi Bushra Bibi COVID-19 ga chalindi. Bu haqda Hukumat vakillariga tayanib xabar berilgan. 

Sog‘liqni saqlash vaziri Faysal Sultonga ko‘ra, Bosh vazir Imron Xon uyda o‘z-o‘zini yakkalamoqda. 

Ta’kidlanishicha, 68 yoshli Bosh vazir 18 mart kuni Xitoyning koronavirusga qarshi Sinopharm vaksinasinining birinchi dozasini qabul qilgan. 

Sinopharm vaksinasi Pokistonda mavjud bo‘lgan yagona COVID-19 vaksinasi hisoblanadi. 

Pokiston Sog‘liqni saqlash vazirligi virusga qarshi immunitet emlangandan bir necha hafta o‘tgach shakllanishi mumkinligini aytgan va aholini Xonning tashxisi asosida emlanishdan voz kechmaslikka chaqirgan. 

"Bosh vazir Imron Xon virus yuqtirganida to‘liq emlanmagan edi. U faqat 1-dozani atigi 2 kun oldin qabul qilgandi, bu har qanday vaksinaning samarali bo‘lishi uchun juda erta. Antitanalar 2-dozadan 2-3 hafta o‘tgach rivojlanadi", deyilgan Pokiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. 

AQSHning Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, 220 million aholisi bo‘lgan Pokistonda pandemiya paytida 13 799 o‘lim va 623 135 kasallik holati qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Imron Xon Pokiston koronavirus

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing