Pokiston Bosh vaziri Imron Xon ilk bor O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon joriy yilning iyulida O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyuradi. Uning tashrifidan maqsad — ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish.  

Ta’kidlanishicha, Pokiston uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari darvozasiga aylanadi. Buning evaziga Pokiston O‘zbekistonga o‘z portini xalqaro dengiz yo‘llariga chiqish uchun taklif qilishi mumkin. 

Ma’lum bo‘lishicha, Imron Xonning savdo, to‘qimachilik, sanoat, ishlab chiqarish va investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud ham Bosh vazirga safar davomida hamrohlik qiladi. 

Abdul Razzoq Dovudning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Pokistonning Markaziy Osiyoga kirish eshigi bo‘lishi mumkin, chunki u Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘oniston bilan chegaradosh. 

Ma’lumot o‘rnida, ikki davlat joriy yil 14 iyulda Toshkentda qo‘shma komissiya yig‘ilishini, 15-16 iyul kunlari esa savdo, investitsiya va aloqalar bo‘yicha Pokiston-O‘zbekiston konferensiyasini o‘tkazadi. Konferensiyani Bosh vazir Imron Xon va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib beradi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 aprelida Shavkat Mirziyoyev va Imron Xonning videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Imron Xon Pokiston

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing