Pokiston Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Kunar viloyatiga Pokiston tomonidan amalga oshirilgan havo hujumi oqibatida kamida 3 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Bu haqda “Tolo News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Pokistonning shimoli-g‘arbidagi politsiya ob’ektiga hujum qilinganidan ikki kun o‘tib sodir bo‘lgan.

Mazkur voqea bir necha yil ichidagi eng og‘ir to‘qnashuvga fevral oyida kirishgan qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi qurolli mojaroning yana avj olishi xavfini kuchaytirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston tibbiyot regulyatori mamlakatdagi tibbiyot va stomatologiya oliygohlarida tahsil olayotgan afg‘onistonlik talabalarni Afg‘onistonga qaytishga majbur qilayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing