Pokiston Afg‘oniston bilan chegarada 54 jangarini yo‘q qildi

Olam

image

Pokiston xavfsizlik kuchlari Afg‘oniston bilan chegaradosh Shimoliy Vaziriston hududida o‘tkazilgan operatsiya davomida 54 nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Pokiston armiyasi bayonot berdi.

Qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari Afg‘onistondan mamlakatga kirishga uringan jangarilarga qarshi operatsiya o‘tkazgan. Shimoliy Vaziristonda xavfsizlik kuchlari “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” harakati a’zolari deb topilgan 54 nafar jangarini yo‘q qilgan.

“Bu odamlar Pokiston hududida terrorchilik harakatlarini sodir etish uchun yuborilgan”, deyiladi xabarda.

Pokiston rasmiylarining ta’kidlashicha, ushbu jangarilardan tashqari ham “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” harakati a’zolari mamlakatda joylashgan bo‘lib, u yerdan o‘z hujumlarini rejalashtirmoqda va muvofiqlashtirmoqda. Bunga javoban Qobuldagi “Tolibon” rahbariyati Pokistondagi guruhning harakatlariga aloqadorligini va ayblovlarni rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Balujiston viloyati poytaxti Kvetta shahrida sodir bo‘lgan terrorchilik hujumida 10 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Hujum uchun javobgarlikni “Balujiston ozodlik armiyasi” o‘z zimmasiga olgan. Guruh o‘z bayonotida Pokiston armiyasiga qarshi hujumlarni kuchaytirishga va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston Shimoliy Vaziriston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing