Pokiston Afg‘oniston hududiga zarba berdi
Olam
−
25 dekabr
8678Pokiston harbiy samolyotlari Afg‘onistonning sharqiy Paktika viloyati Barmal tumaniga havo hujumi uyushtirdi. Oqibatda 15 kishi, jumladan, bolalar va ayollar halok bo‘lgan. Bu haqda “Khaama Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 24 dekabr kuni kechasi Barmal tumani hududidagi yetti qishloqqa bir vaqtning o‘zida havo zarbalari berilgan. Laman qishlog‘i butunlay vayron qilingan, tuman markazidagi bozor ham zarar ko‘rgan. 15 kishi, jumladan, bolalar va ayollar halok bo‘lgan. Ko‘plab odamlar jarohat olgan. Ularning soni ortishi mumkin, chunki hanuz vayronalar ostida qolganlar bor.
Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati mudofaa vazirligi Pokistonning bu harakatlarini keskin qoralagan va harakatni xalqaro normalar buzilishi sifatida ta’riflagan. Shuningdek, bu hujumlar “hech qanday muammoning yechimi bo‘lmasligini” ta’kidlab, mazkur voqea javobsiz qolmasligini ma’lum qilgan.
Nashrga ko‘ra, hujumning asosiy maqsadi Pokistonning Vaziriston hududidan o‘tgan qochqinlar bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi qurolli to‘qnashuvlarda 6 nafar harbiy va 22 nafar jangari halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi