Pokiston Afg‘oniston hududiga havo hujumi uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 18 mart kuni ertalab Pokiston havo kuchlari Afg‘onistonda joylashgan “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” (“Pokiston Toliboni harakati”) guruhi jangarilarining boshpanalari va lagerlariga havodan zarbalar berdi. Bu haqda “The Khorasan Diary” axborot portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo hujumlari nishoni Pokiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan Laman (Paktika viloyati) va Pasa Mella (Xost viloyati) aholi punktlari bo‘lgan. 

Zarbalar 16 mart kuni Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatining Mir Ali shahridagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujumda yetti nafar pokistonlik askar halok bo‘lganidan keyin berilgan. Ma’lum qilinishicha, hujum qilganlar “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” guruhi a’zolaridir. Guruh Pokiston shimoli-g‘arbidagi, Xayber-Paxtunxva viloyati va Afg‘oniston bilan chegara o‘rtasida joylashgan Federal boshqariladigan qabila hududlarida joylashgan. Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy hujum uchun qasos olishga va’da berdi.

Reuters” agentligi Afg‘onistondagi hukmron “Tolibon” harakati vakillariga tayanib, Pokiston Afg‘oniston hududiga uyushtirgan ikkita havo hujumi oqibatida sakkiz nafar ayol va bola halok bo‘lganini yozdi. 

“Soat 3:00 atrofida Pokiston samolyotlari Pokiston bilan chegaraga yaqin Xost va Paktika viloyatlarida tinch aholi uylarini bombardimon qildi”, degan “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid.

Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat matbuot kotibi zarbalarni "qat’iy" qoralab, buni mamlakat suverenitetini buzish deb atadi. 

Ayni paytda Islomobod va Qobul o‘rtasidagi munosabatlar Afg‘oniston o‘z hududida joylashgan Pokistonda terrorchilik hujumlarini uyushtirishga mas’ul bo‘lgan “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” ekstremistik guruhini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishdan bosh tortgani sababli deyarli muzlatib qo‘yilgan. Mazkur guruh "Al-Qoida" bilan aloqador tashkilot sifatida 2011 yildan beri BMT sanksiyalari ostida. Mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, “Tehrik-e-Tolibon Pokiston”da 50 minggacha jangari bor.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Pokiston Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing